-
Dunyoning ishlari
Hoshimov O'.,Bu qissa katta-kichik novellalardan iborat. Biroq ularning barchasida men uchun eng aziz odam - onam siymosi bor. Bundagi odamlarning hammasini o`z ko`zim bilan ko`rganman. Faqat ba`zilarining ismi o`zgardi, xolos. Bu odamlarning qismati ham qaysidir jihati bilan onamga bog`langan.
-
-
Quyosh kulib boqadi
F.Alimardon,Furqat qisqa-qisqa hikoyalarida hayotning katta-katta falsafalarini aks ettirishga intiladi
-
-
Dunyoning ishlari
Hoshimov O'.,XX asr o'zbek adabiyotida o'z o'mi va uslubiga ega bo'lgan adib - O'zbekiston xalq yozuvchisi O'tkir Hoshimov, aytish mumkinki, XXI asr o'quvchisining hamsevimli adibi bo'lib qoladi
-
O'n sakkizga kirmagan kim bor
Xolmirzayev Sh.,Yuksak badiiy asar haqqoniy hayot aksidir. Shuning uchun ham o'quvchi unda o`zini topadi, o'zining aksini ko'radi, hayajonlanadi, quvonadi, yig'laydi, iztirobga tushadi. Bir so'z bilan aytganda asar qahramonlari bilan yashaydi. Taniqli yozuvchi Shukur Xolmirzayevning ushbu qissasi o'quvchi qalbiga ana shu tarzda kirib boradi.
-
Bolaligim
Ch.Aytmatov,"Bolaligim"- jahon adabiyotining buyuk namoyondasi, turk ulusining ulug' farzandi Chingiz Aytmatov hayotining so'nggi damlarida yozuvchi ijodini o'rgangan olmon olimasi bilan bo'lgan davomli suhbat-muloqotlar natijasida qog'ozga tushgan.
-
Jamila
Ch.Aytmatov,Chingiz Aytmatov nafaqat O'rta Osiyoda, balki jahon adabiyoti maydonida ham allaqachon o'z so'zini, o'z o'rnini topa olgan ijodkorlardan biri. Qo'lingizdagi kitobda uning «Jamila», «Birinchi muallim», «Alvido, Gulsari» kabi diltortar, ajoyib qissalari o'rin olgan. Ularni o'qir ekansiz, azal-u abad insoniyatni har turli kuyga oʻynatgan va oʻylatgan ishq-muhabbatning chingizona talqiniga guvoh bo'lasiz. Asarlarni o'qib, huzurbaxsh tuyg'ular hamrohingiz bo'lishiga ishonamiz.
-
Buvim ertak aytganda
Shohismoil F.,Adabiy jamoatchilikka jurnalist, shoir va tarjimon sifatida tanilgan Fayz Shohismoil betakror, qushday erkin she`rlari bilan bolalar dunyosining shaffof manzaralarini o'ziga xos tarzda ifoda etadi. Kitobda shoir quvnoq satrlarda kichkintoylarning olam va odam haqidagi o`ziga xos falsafasini ham mahorat bilan tasvirlaydi
-
Baxtiniso Mahmudova
N.Jonuzoq,So'z chamani turkum kitoblarning navbatdagi risolasi Baxtniso Mahmudova g'azallaridan tuzuldi
-
Oq kema
Ch.Aytmatov,«Соҳил ёқалаб чопаётган олапар», «Оқ кема» ҳамда «Сарвқомат дилбарим» каби машхур қиссалардан иборат ушбу китоб Чингиз Айтматов ижодининг энг сермаҳсул давридан далолатдир. Ҳар учала асар жонли тасвир ва ҳикоячилик жиҳатидан ўқувчи диққатини буткул ўзига тортади.
-
-
Oq kema
Ch.Aytmatov,"Oq kema " qissasi ulug' qirg'iz yozuvchisi Chingiz Aytmatovning ilk asarlaridan hisoblanadi. Shunday bo'lishiga qaramay, ushbu asarda adib adabiy sevgi- muhabbat mavzusida butunlay yangicha qarash bilan yondashgan. Shu tufayli qissa avval Yevropada so'ngra boshqa davlatlarda tez orada mashhur bo'lib ketgan. Qissada qirg'iz xalqining o'ziga [os afsona va rivoyatlari ham o'rin olgan.
-
Jamila
Ch.Aytmatov,Chingiz Aytmatovning qissa va hikoyalarini o'zbek o'quvchilari sevib o'qiydilar.Aziz o'quvchilar, qo'lingizdagi ushbu "Jamila"qissasi yozuvchining eng sara asarlaridan.
-
-
Raqqos yaproqlar
N.Anvarova,Ushbu kitobga bolalar uchun qalam tebratishga bel bog'lagan yosh ijodkorlar-Naimaning "Makka va hakka", Mo'tabarning "Oyna tutar soyga oy", Mohidilning "Raqqos yaproqlar" to'plamlari jamlangan.
-
Qo'noq
B.Aytmurod,Bayramning ushbu hikoyalarida siz bolalikning beg'ubor nigohini, o'zingizga tanish iztiroblari va hayratlarini ko'rasiz.
-
Vatan quyoshi
H.Abdumalikova,Qachon inson atrofidagi olamdan o'zgacharoq-sirliroq olamda yashay boshlaydi? Qachonki uning o'z hayratlarini, quvonch-u iztiroblarini to'kib sola oladigan-she'riyat atalmish sirdoshi bo'lsa.
-
Yosh Verterning iztiroblari
Iogann Volfgang iztiroblari,Jahon adabiyoti tarixida muqim o`rniga ega bo`lgan ulug` nemis shoiri Logann Volfgang Gyote umri so`ngida nasriy asar yozishga jazm etgan. Buning samarasi o'laroq "Yosh Veterning iztiroblari" romani dunyoga kelgan.
-
Sharqning eng buyuk hukumdori
Dundar Alp,Qo'lingizdagi to'plam buyuk sarkarda Amir Temur haqida.Roman turk yozuvchisi Dundar Alp qalamiga mansub. Ushbu asar 1912- yilda chop etilgan. Romanda sohibqiron bobomizning insonparvarlik va bag`rikengligi , o`z maqsada erishish yo`lida chekkan zahmatlari ko`rsatib berilgan. Asarni o`qir ekanmiz, jasurlik , sadoqat va saxiylik xislatlariga ega bo`lgan betakror iste`dod sohibining erishgan yutuqlaridan quvonamiz. Shunday ajdodlarimiz borligidan faxrlanish tuyg`usi siz-u bizni hamisha ezgulikka chorlab turishiga ishonamiz.