-
Ko'klamoyim
Muhammad Yusuf,Muhammad Yusuf. Bu nom sizga qancha qadrdon va tanish bo'lsa, uning o'zi kabi sodda, teran, samimiy misralari ham shunday dilga yaqin va qadrlidir.
-
-
Jaloliddin manguberdi
J.Rahimov,Mazkur kitobda fidoiy vatandoshimiz Jaloliddin Manguberdining hayot yo`li qiziqarli badiiy lavhalarda hihoya qilinadi. Bu lavhalarning hammasi tarix haqiqatlariga asoslangandir. Kitob maktangacha yoshdagi bolalar va o`rta makatablarning boshlang`ich sinf o`quvchilari hamda keng keng kitobxonlar mo`ljallangan.
-
Ochmas Sharaf
Sh.Rashidov,Siyosiy fanlar doktori To'lqin Alimardonov qalamiga mansub mazkur "O'chmas Sharaf" monografiyasi buyuk davlat arbobi, ulug' adib, o'zbek xalqining XX asrda yetishib chiqqan mutafakkir farzandi Sharof Rashidov tavalludining 100 yiliga bag'ishlanadi.
-
Ko'zlari daryoyim- ay!
A.Boyqo'ziev,"Юрагига Мажнунни қамаб қўймаган эркак, қалбининг тўрида Лайлини асраб юрмаган аёл шеър битиб овора бўлмасин", деб ёзади адабиётшунос олим Улуғбек Ҳамдам. Қани энди назм ҳавасида - ҳавосида юрган ҳар бир шоир ўз қалбига ана шу талаб, ана шу мезон ила бот-бот назар солса. Бу шеърларда покиза жунун бор, шу жунунни телбалар қилиб, куйдириб ёндириб яшаётган бир жанон тимсоллар бор.
-
-
-
Kaftdagi yo'l
M.Norchaeva,Nafaqat dildagi hissiyotlar, balki ruhiyatdagi ajabtovur kechinmalarnida teran tahlil qilish va mohir musavvirlardek serjilo ranglar vositasida tasvirga tushirish uchun kishida alohida tug'ma iste'dod bo'lishi lozim. Bu jihatdan Madinaning manglayiga monand moʻyqalami ham yarqirab turibdi. Qolaversa, hayotning ibtidosi va intihosi haqidagi, ruhiyat kengliklarida parvoz qilib, bu makonning har bir qarichini tadqiq qilaroq chiqargan falsafiy xulosa va mu- lohazalari uchinchi koʻzining naqadar oʻtkirligidan dalolat beradi.
-
-
Uyqu qochganda
A.Muxtor,Asqad Muhtorning "Tundaliklar" jamlanmasida muallifning tungi kechinmalari , fikr-mulohazalari maxsuli.Ular yagona g`oyaviy -falsafiy yo`nalishga ega emas , ammo yozuvchining bedor qalbi , uyg`oq tafakkuri , tug`yonli kechinmalari - barchasi mushtarak mo`jizalar -- Odam va Olam bag`ridagi sir-sinoatlardan darak beradi , kitobxonni teran xayolga toldiradi.
-
Hayot yog'dulari
A.Chimirzaev,Qo'lingizdagi kitob minglab ijodkor yoshlarning ichidan saralab olingan, mashaqqatli va ser-zavq mehnatning hosilasi, umidli yosh ijodkorning dastlabki qadamidir
-
Xayol qo'shigi
N.Abdurahmonova,Qo'lingizdagi kitob minglab ijodkor yoshlarning ichidan saralab olingan, mashaqqatli va ser-zavq mehnatning hosilasi, umidli yosh ijodkorning dastlabki qadamidir
-
Uyg'oq yurak
I.Xonxo'jaev,Chinakam O'zbek o'g'lonining ko'ksidagi iliqliklarini she'rlarida aks ettira olgan yosh ijodkor Iftixor Xonxo'jayev hisoblanadi.
-
Shukrona
M.Normatova,Maftuna Normatova Qashqadaryo viloyatida tavallud topgan. Uning ijodiy mashqlari viloyat va respublika matbuotida chop etilgan.Yosh shoira muhabbat, kelajakka ishonch tuyg`ularini , ona tabiat go'zalliklarini samimiy va ravon misralarda ifoda etishga harakat qiladi. Har bir mavzuga toza nigoh bilan boqib, beg'ubor qalb bilan yondashadigan ijodkor she`rlarida eng ko'p takrorlanadigan so'z - ezgulikdir.
-
Yaxshi kunlar
A.Anvar,So'nggi yillarda adabiyotimizga o'ziga xos ovoz, badiiy idrok, ifodaviylik va favqullodda iste'dod yaqinlari bilan kirib kelayotgan yoshlar ijodi barchani xushnud etmoqda..
-
Mehr rishtasi
G.Matyoqubova,Yosh adiba Go'zaloy Matyoqubova hikoyalarida bugungi kunning dolzarb axloqiy ma'naviy mavzulari qalamiga olnadi
-
Jayxun jilvalari
R.Otaboev,Muhtaram Yurtboshunizning «Adabiyotga e'tibor — ma'naviyatga, kelajakka e'tibor» nomli risolasida «Iste'dodlarni izlab topish va ularning iqtidorini ro'yobga chiqarishda chuqur o'ylangan usullar, ya'ni aniq mexanizm zarurligini bugun adabiyotimiz manfaatlari talab etmoqda», degan fikr asosiy maqsad-muddaolardan biri sifatida alohida ta'kidlangani bejiz emas.
-
Dengiz -u ummon osha...
Z.Mirzaeva,Muallif yurtimiz so'z san'ati va badiyati muammolariga xorij va o'zbek munaqqidlari munosabatlarini o'zaro qiyoslab, adabiyotsyunoslarning bu boradagi mushtarak va o'ziga xos qarashlarini xolis yoritishga intiladi. Bu maqolalarda muayyan chet ellik olimlarning o'zbek adabiyoti, madaniyati va tarixining jahon miqiyosidagi targ'ibotchilari ekani e'tirof etilgani holda, ularning tadqiqotlaridagi ayrim sub'ektiv fikrlarga ham ilmiy munosabat bildirishi kitobxonni e'tiborsiz qoldirmaydi, deb o'ylaymiz.
-
Xavotirlanishni bas qilish va yashay boshlash yo'llari
D.Karnegi,Хавотир билан боғлиқ вазиятларни ҳал қилишнинг энг тезкор ва ишончли усулини билмоқчимисиз? Ўнлаб китобларнинг юзлаб саҳифаларини ўқиб кейинроқ хулоса чиқаришга уринмасдан, ҳозирнинг ўзида қўллашингиз мумкин бўлган усулларга мухтожмисиз? Китобни ўқиш асносида хавотирсиз яшаш мумкинлигига ҳам амин бўласиз. Ҳаётий фаолиятингиз ва кайфиятингизни юқори даражада тутишни ўрганасиз.
-
Hayrat
N.Avazova,Ushbu kitob O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Yoshlar bilan ishlash bo'limi tomonidan nashirga tavsiya etilgan.