-
-
-
-
-
-
Adabiyot,
-
-
-
-
Adabiyot,
-
-
-
-
-
-
-
Adabiyot,
-
-
-
Adabiyot,
-
Lisonut-tayr: (Nasriy bayoni bilan)
Alisher Navoiy,Alisher Navoiy dahosi bilan yaratilgan "Lisonut-tayr" dostonida o‘rta asr Sharq mutafakkirlarini asrlar davomida o‘ylantirib kelgan inson va tabiat mohiyatiga doir murakkab falsafiy masalalar mushohada etilgan. Shoir dostonda insonning ma'naviy kamolotga erishish yo‘lini qushlar boshidan kechgan ramziy sarguzashtlar misolida mohirona tasvirlab bergan.
-
Mehrobdan chayon
Abdulla Qodiriy,Anvar va Ra'no ... Ular haqida adabiyot ixlosmandlari yaxshi bilishadi. Bolaligidan tirishqoq va zakiyligi, nozikta'bligi bilan atrofdagilar e'tiboriga tushgan Anvar yuqori martabaga ham erta erishadi. "Jasur qiz" ta'rifini olgan Ra'no haqida ham maktab darsliklarida ilk tasavvurlarga ega bo‘lganmiz. Zamonasining zulmi yoxud zayli qurboniga aylanmay, o‘zining shijoati bilan muhabbati va kelajagi yo‘lidagi harakati, aytish joiz bo‘lsa - tahsinga sazovordir. Yillar oshgan mazkur asar har gal o‘quvchini qaysidir jihati bilan sergaklantiradi. Davrning jirkanch muhiti, amalparastlik, turmush ikir-chikirlari va nihoyat go‘zal muhabbat tavsiflariga boy ushbu asarning bugungi kungacha ardoqda ekanligi tasodif emas, albatta
-
Internatda sodir bo'lgan voqea
ARTUR KONAN DOYL,Artur Konan Doyalning "Sherlok Xolmas haqida hikoyalari" nafaqat Yevropada balki butun dunyoda mashhur. Va ayni paytda yurtimiz kitobsevarlariga han yaxshi tanish.
-
O'tkan kunlar
Abdulla Qodiriy,Abdulla Qodiriyning aytishicha: " Bu kitobni bir marta emas, besh marta o'qish kerak. shunda turmushni, tarixni, siyosatni, odobni va tilni o'rganasiz"/Xurmatli o'quvchi, mana, qo'lingizga yana "O'tkan kunlar " asarini oldingiz bu safar xam kitobni bir olam taassurot bilan o'qib chiqishingizga aminmiz.
-
Dunyoning ishlari
O‘tkir Hoshimov,Sevimli yozuvchimiz O‘tkir Hoshimovning mazkur qissasi onalarga qo‘yilgan haykal bo‘ldi, desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Qissani o‘qib, har birimiz undan o‘z onamiz siymosini topamiz. Ko‘zimizga yosh olamiz, xulosa chiqaramiz, ibrat olamiz.
-
Qanday qilib do‘st orttirish va odamlarga ta'sir etish mumkin?
Deyl Karnegi,Yozuvchi Deyl Karnegining "Qanday qilib do‘st orttirish va odamlarga ta'sir etish mumkin?" deb nomlangan qo‘llanmasida, dushman orttirganda eng to‘g‘ri yo‘lni tanlab qanday qilib qolishi va ketish hamda insonlarni o‘z nuqtai nazariga og‘dirishga yordam berish, shuningdek odamlar bilan kundalik muloqotlarda psixologiya tamoyillarini oson va erkin qo‘llashga o‘rgatadi. Qolaversa, norozilikni tiyib turish, tortishuvlardan qochish, odamlar bilan teng va xushmuomalamunosabatda bo‘lishga yordam beradigan shartlari haqida hikoya qilinadi.
-
Ufq Trilogiya
Said Ahmad,"Ufq" trilogiyasi O‘zbekiston xalq yozuvchisi, O‘zbekiston Qahramoni Said Ahmad ijodida alohida o‘rin tutadi. Trilogiya XX asr millat hayotining o‘n yillik davri-ikkinchi jahon urushi, urush va urushdan keyingi yillar voqealarini o‘z ichiga oladi. Trilogiyada o‘sha yillari xalq boshiga tushgan musibatlar, odamlar ko‘ksidagi armonlar, shu munosabatlarni yengishga qodir mislsiz matonat va shijoatlar yozuvchi iste'dodiga xos ehtiros, zo‘r ilhom bilan aks ettirilgan. Asarda Ikromjon, Jannat, Azizxon, Dildor, Asrora kabi teran, xalqchil, yorqin milliy obrazlar yaratilgan.
-
Uchinchi qiz
Agata Kristi,Norma Restarik ismli yosh qiz mashhur izquvar Erkyul Puaro yoniga maslahat so‘rab keladi. Qiz unga asabiy, beqaror va hadikli odamdek ko‘rinadi, huddi odam o‘ldirgan qotildek taassurot qoldiradi. Ammo u na qurbonning ismini, na qotillik yuz bergan vaziyatni, na jinoyat joyini eslay oladi. "Uchinchi qiz" romani birinchi marta 1966-yilda Angliyada nashr qilingan. Asar syujeti chigal, ayyorona tuzilgan. Agata Kristi bu romanida yigirmanchi asrning oltmishinchi yillaridagi zamonaviy yoshlar qiyofasini tasvirlaydi.
-
Tarixi anbiyo va hukamo, Tarixi muluki ajam, Munojot
Alisher Navoiy,Har bir ishning amalga oshish o‘z vaqti-soati bo‘lishini, odam zoti qanchalik istasin-istamasin Buyuradigan buyurgan kunida yuzaga chiqishining necha martalab guvohi bo‘lganmiz. Hazrat Alisher Navoiyning qo‘lingizdagi uch muhtasham asari-"Tarixi anbiyo va hukamo", "Tarixi muluki ajam", "Munojot" tarjima qilinmadi, ya'ni bir tildan boshqa tilga ag‘darilmadi. Qo‘lingizdagi javohir buyuk shoir va millat faxri Alisher Navoiyning 580 yillik to‘yiga munosib sovg‘a bo‘lishiga hamda Yurtboshimiz ta'kidlaganlaridek, ulug‘ bobomizning ko‘nglini xalqimizga yanada yaqinlashtirishga, bu qadrli merosni ma'naviyatimizning hayotbaxsh manbayi va tarkibiy qismiga aylantirishga xizmat qiladi degan umiddamiz.
-
Baxt belgisi - farzand kulgusi
J.Madiyev, B.Qoraqulov, Q.Zulfaliyev, Q.Pirmatov,Sir emas bugungi kunda ba'zi juftliklar bepushtlik muammosiga duch kelmoqda. Tabiiyki, bepushtlik o‘z-o‘zidan sodir bo‘lmaydi. Tibbiyot fidoyisi Jumanazar Madiyev va kasbdoshlarining ushbu risolasi aynan ana shu haqda. Butun umrini el salomatligini muhofaza etish, aholi tibbiy madaniyatini yuksaltirish va barkamol farzandlarga erishish yo‘lidagi ishlariga munosib ulush qo‘shishga bag‘ishlab kelayotgan tajribali shifokorlar, tibbiyot tilida "birlamchi yoki ikkilamchi bepushtlik" deb ataladigan tushunchalarning ma'nosi, bepushtlikni keltirib chiqaruvchi sabablar, bepushtlikni davolash yo‘llari to‘g‘risida shifokorlik faoliyati davomida orttirgan tajribalari asosida atroflicha so‘z yuritgan. Risola keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan
-
Amir Temur saltanati
Lyusen Keren,Sohibqiron Amir Temur va uning jahon tarixida tutgan o‘rni haqida Fransiyada o‘nlab tarixiy-badiiy va ilmiy asarlar yaratilgan. Mazkur asar 1980 yilda Parijdagi "Payot" nashriyoti tomonidan nashr qilingan. Shundan so‘ng yana bir necha bor qayta-qayta bosilgan bu roman Samarqand tarixi bilan boshlanib, Amir Temurning dunyoga kelishidan umrining oxirigacha bosib o‘tgan hayot yo‘lini qamrab oladi. Unda Sohibqiron barpo etgan saltanatning keyingi taqdiri hamda Boburning hayotiga alohida boblar ajratilgan. Buyuk bobokalonimizning Yevropa qirollari bilan o‘rnatgan munosabatlari haqidagi qimmatli ma'lumotlar ham ilova qilingan. Asar jkeng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan.
-
Избранное
Булгаков Михаил,М.А.Булгакова стали вспоминать с опозданиемЖ спустя 25 лет после его смерти. Но известность его нарастала как шквал, из литературной среды перешла в широкую среду читателей, перехлестнула отечественные границы и могучей волной пошла по другим странам и континентам.
-
Saylanma 3 jildlik
Said Ahmad,Taniqli o‘zbek yozuvchisi Hamza nomidagi O‘zbekiston SSR Davlat mukofoti laureati Said Ahmad 60 yoshga to‘ldi. Shu sana munosabati bilan adibning uch jilddan iborat saylanma asarlari nashr etilmoqda. Qo‘lingizdagi ushbu birinchi jild "Hukm", "Sud" singari qissalar va hajviy hikoyalardan tashkil topdi.
-
Abdulla Avloniy. Tanlangan asarlar. 2-jild
Abdulla Avloniy,Abdulla Avloniyning ta'limiy-axloqiy asarlari, xususan, "Turkiy guliston yoxud axloq" risolasi asriy qadriyatlarimiz, milliy ma'naviyatimiz tiklanayotgan bugungi kunlarimiz uchun g‘oyat dolzarb bo‘lib turibdi.
-
Jaholat asirasi
Rustam Jabborov,E'tiboringizga havola etilayotgan kitob qahramoni-Mahzuna ham orzulari osmon qadar buyuk, qalbi mehrga limmo-lim, ayni paytda baxtga tashna qiz edi.
-
Tog‘lik qiz
Nabijon Hoshimov,Mazkur asarda odamiylik, g‘ayrioddiy taqdirlar o‘yini, hamyurtlar, zamondosh yoshlar o‘rtasidagi samimiy munosabatlar, sof muhabbat va sadoqat aks etgan, qolaversa, ota-onaga, milliy qadriyat va urf-an'analarimizga cheksiz hurmat, tobora taraqqiy etayotgan ozod va obod vatanimizga bo‘lgan ehtirom va boshqa insoniy tuyg‘ular qalamga olingan.
-
Qasoskorning oltin boshi. Tarixiy sarguzasht roman
Xudoyberdi To‘xtaboyev,Har bir xalq o‘zi yaratgan ajoyib shaharlar va san'at obidalari bilan qanday faxrlansa, tarixda yorqin iz qoldirgan botir farzandlari bilan ham shunday iftixor qiladi.
-
Iblislar II
F.M.Dostoyevskiy,Murakkab va ziddiyatli buyuk yozuvchi, jahon adabiyotining cho‘qqilaridan biri F.M.Dostoyevskiy hayotni yaxshi tusuhunadigan, yolg‘onu ikkiyuzlamachilikni, vijdonsizlikni fosh qilib tashlaydigan shaxs sifatida adabiyotga kirib keldi.
-
Voy, onajonim
Tohir Malik,Inson hayotini nimaga mengzash mumkin? Sokin oqayotgan daryogami yoxud ur-sur, taloto‘p dunyogami? Axir kimlar xato qilmaydi! Mol-dunyoga hirs qo‘yib, o‘ylamasdan qadam bosayotganlar qancha! Ular mehr-muruvvatni, yaqinlarini unutadilar. Oqibatdan bundan boshqalar ham aziyat chekadilar, g‘am-anduhga mubtalo bo‘ladilar.
-
Ko‘ngil nimadan qorayadi. "Odamiylik mulki" ga doir suhbatlar
Tohir Malik,Mazkur kitobda yozuvchi Tohir Malik odamiylik mulki - axloq-odobga doir suhbatlarini siz - aziz umidimiz yulduzlari bilan davom ettiradi. Adib bu suhbatga ota-onalar, maktab, litsey, kollej ustozlarini ham taklif etadi.