-
Moviy Qo'shiq
N.Habbibulayeva,Nozima fikrlarini, his-tuyg'ularini shunchaki izhor etmaydi, ularni rassomning, musiqachining nigohi bilan tasvirlaydi
-
-
Muvaffaqiyat kaliti
Deyl Karnegi,Дейл Карнеги жамиятдаги муносабатларнинг нозик жиҳатларига алоҳида эътибор қаратади. Инсонларнинг ўзаро муомала маданияти, ўзини тутиш, мулозамат, бошқаларни ҳурмат қилиш, ишларини юқори баҳолаш орқали обрў-эътибор топиш мумкинлигини таъкидлайди. Шунингдек, ўз-ўзига ишонч ҳосил қилиш ва омма олдида сўзлашнинг турли йўлларини очиб беради.
-
Alkimyogar
Paulo Koelo,Paulo Koeloning ushbu romani shunisi bilan ahamyatliki, o'qir ekansiz, ruhingiz yuksalaveradi, ko'nglingiz taskin topadi. Odamzod yaratilibdiki, Taqdir xususida fikr yuritadi, bosh qotiradi. Atrofida sodir bo'layotgan voqea-hodisada ishora ko'radi. Tushlarida ilohiy nimadir bordek tuyulaveradi. Najot izlab atrofga tikiladi, huddi Olam unga Umumbashar tilida allanimalarni tushuntirayotgandek ko'rinadi. Asarni o'qib bitirgach o' qalbingizni tushuna boshlaysiz, taqdiringiz borasida o'yga tolasiz, orzularingiz bir-bir yodingizga tushadi.
-
Alkimyogar
Paulo Koelo,Paulo Koeloning bu romani shunisi bilan ahamiyatliki, uni o'qir ekansiz, ruhingiz yuksalib boraveradi, ko'nglingiz yigitcha Santyagoning qalbiga esh bo'lib yashaydi.
-
-
-
Qaqnus parvozi
F.Hayrullayeva,Feruzaning ilhom va dard bilan yozgan har bir she'rining o'z ohangi bor. Yosh shoiraning bedor ruhiyatida yorug'likdan quvonchni, zulmatdan xavotirni, be'tama muhabbat va ezgulikka fidolikni tuyasiz. U insoniyat dardlarini qaytib tushmaydigan qilib osmonga yulduzday sochib yuborishni, baxtni esa zaminga ekinday ekishni orzu qiladi. O'ziga xos nigoh, o'ziga tashbeh va obrazlari bilan o'z tengdoshlari ichida e'tirofga sazovor bo'layotgan yosh shoirani she'riyat ixlosmandlari ham e'tirof etishlariga umidimibor.
-
-
-
Baxor qaytmaydi
O'tkir Xoshimov,Elimizning atoqli va ardoqli adibi, O'zbekiston xalq yozuvchisi O'tkir Hoshimov muhabbat haqida talay hikoya, qissa, romanlar yozgan va ular kitobxonlar tomonidan katta qiziqish bilan mutolaa qilib kelinmoqda. Ushbu kitobdan adibning "Qalbingga quloq sol" va "Bahor qaytmaydi" qissalari o'rin olgan. Bu qissalarda sevgining sehr va quvonchlari, iztirob va armonlari g'oyat hayotiy, tasirchan aks etgan.
-
-
Mahbub ul-qulub
A.Navoiy,Ушбу китобдаги айрим ҳикматларга, мазмунидан келиб чиққан ҳолда, сарлавҳалар қўйилди ҳамда зарур ўринларда бир оз изоҳ ва шарҳлар берилади.
-
Onasi o'pmagan qiz
Murod Kalonxon,Xayot biz bilgan va bilmagan xodisotlar, sinoatlarga boy. Ular turfa taqdirlar xaqida so`zlaydi , xulosa chiqarishga undaydi. Xukmingizga xavola qilinayotgan ushbu xikoyalarning barchasi sodir etilgan eng og`ir jinoyatlar asosida yozilgan . Xayotiy voqealar jamlanmasidan iborat ushbu to`plam o`quvchilarimizga manzur bo`ladi, degan umiddamiz.
-
Сайланма
Ш.Холмирзаев,Инсон манзаралари: изтироби ё сурури, меҳри ё қаҳри, шодлик ё ғуссали ҳолатларини нозик тасвирлаш, сўзда абадиятга муҳрлаш, севимли адибимиз Шукур Холмирзаев услубига хосдир. Ўзбекистон халқ ёзувчиси Шукур Холмирзаев кўп жилдлик "Сайланма"сининг бешинчи жилдидан "Ок отли", "Букри тол", "Ўн саккизга кирмаган ким бор...", "Йўллар, йўлдошлар", "Тупроқ кўчалар", "От йили" каби қиссалари ўрин олган. Адиб талабалик вақтидаёк чоп этилган "Ок отли" номли биринчи қиссаси биланок китобхонларнинг эътиборини қозонган эди.
-
A.Navoiy
Holati Sayyid Hasan Ardasher,Буюк мутафаккир шоиримизнинг 10 жилдлик асарлари айнан мамлакатимиз мутақиллигининг 20 йиллик байрами арафасида, у зотнинг шаъну шавкати ва ижодий мақомига ғоят муносиб тарзда юкмак матбаа сифати билан нашр этилгани ўзига хос рамзий маънога эга. Чунки Алишер Навоий тарих синовларидан ўтган ўлмас ижоди билан бизни гўзал ва бетакрор диёримиздаги тинч-осойишта, эркин ва фаровон ҳаётни асраб-авайлаб, унинг қадрига етиб, доимо халқимиз, Ватанимизга муҳаббат ва садоқат туйғуси билан, бунёдкорлик руҳига ошно бўлиб, ўзимиздан яхши ном, эзгу хотира қолдириб яшашга даъват этади.
-
Alkimyogar
Paulo Koel'o,"Alkimyogar" romani zamiridagi ushbu hikmat o'tmishda o'tgan yoxud rivoyat qahramoni bo'lgan kimningdir hayotigagina taalluqli emas., bu siz-u biz uchun ham, bizdan keyingilar uchun ham o'tilajak yo'ldir.
-
Qayta tug'ilgan bola
Abdusaid Ko'chimov,O`smirlik - inson hayotining eng murakkab , eng qaltis , eng nozik davridir. Bolalikdan balog`atga o`tish bosqichi hisoblanmish bu davrda xarakter shakllanadi, kuchli his-tuyg`u , g`ayrat -shijoat jo`sh uradi; o`smir qalb hissiyotga berilib , mustaqil bo`lishga , o`z qiyofasini namoyon qilishga intiladi. Qator asarlari bilan o`quvchilar mehriga sazovor bo`lgan iqtidorli adib Abdusaid Ko`chimovning qo`lingizdagi kitobiga kiritlgan qissa va hikoyalarning barchasida aynan shu go`zal va sertashvish manzaralar o`smirlar ruhiy olamida sodir bo`lguvchi rivojlanish jarayonlari badiiy talqin qilinadi.
-
-
Qobusnoma
Kaykovus,Sharq xalqlari orasida ma`lum va mashhur.Asarning buyuk ahamiyati shundaki , xamma zamon , xamma ijtimoiy-siyosiy tuzumda ham yoshlarni barkamol inson qilib tarbiyalashda "qobusnoma" o`z ahamiyatini yo`qotmaydi.