-
Bozor dunyo
T.Jo'rayev,Mazkur asarda kitobxon ikki ayol-qishloqi bozorchi kelin va shaharlik boy xonodon sohibasi qismati bilab tanishadi, hayajonga soluvchi qiziqarli voqelik, ruhiy po'rtanalar, ikki oila tegrasidagi voqea-hodisalar, bozor dunyo tarozusining ikki pallasi qutblarida yuz berayotgan ruhiy evrilishlar, intilishlarning guvohi bo'ladi.
-
Tamaddunga da'vat
N.Jo'rayev,Ushbu monografiyada "2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasi rivjlantirishning beshta ustuvor yo`nalishlari bo`yicha Xarakatlar strategiyasi" tadqiq etiladi. Unda har bir yo`nalish batafsil o`rganiladi. Mamlakatning keyingi bir necha o`n yilliklar mobaynidagi taraqqiyotiga asos bo`ladigan ushbu strategik dasturning tarixiy , falsafiy, ijtimoiy va ma`naviy-ma`rifiy jihatlari , O`zbekistonning buyuk kelajagiga qaratilgan va zamonaviy tamaddunga da`vat etuvchi g`oyalari tadqiq etiladi.Kitob sodda, ravon tiilda jo`shqin ilmiy-publisistok uslubda, ommabop qilib yozilgani bilan e`tiborga loyiq. Monografiya mutaxassislar, targ`ibotchilar va keng o`quvchilar ommasiga mo`ljallangan.
-
Mangulik kemasi
N.Jo'rayev,Har bir ijodkor, u yer yuzining qaysi nuqtasida turishidan qat'iy nazar, avvalo o'z Vatani va xalqiga, so'ngra butun koinot va insoniyat taqdiriga befarq bo'lmasligi shart aslida.
-
Islom va aqilaparast oqimlar.
A.Tulepov,Ушбу асарда ислом дини ниқоби остида пайдо бўлган оқим ва фирқаларнинг юзага келиши, уларнинг ботил ақидалари, фаолият услублари, ўз замонасида уларга нисбатан муносабат масалалари тарихий фактлар ва асосли далилларга таянган ҳолда ёритилган.
-
Toshkentnoma
Muhammadkarimov Abdulaziz,Ushbu kitobda tarixiy va toponomik ma'lumotlar asosida hozirgi Toshkent hududida yashagan ajdodlarimizning kimligi, daha va mahallalari, toponimikasi va u yerdagi o'tmish obidalari orqali shahrimiz tarixini yanada yoritish maqsad qilib qo'yilgan.