-
Termizlik ikki alloma
U.M.Uvatov,Ушбу рисола термизлик икки буюк аллома Абу Исо Муҳаммад ва Ҳаким Термизийларнинг ҳаёти, ижодий фаолияти, ислом илмлари ривожига қўшган ҳиссаси, илмий-маънавий мероси тадқиқига бағишланади. Алломаларнинг ўз давридаги диний масалалар, инсон руҳияти, аҳлоқ-одоб, ҳикмат борасида берган қимматли фикрлари бугунги кунимизда ҳам ўз аҳамиятини йўқотмаган.
-
Xalovat
T.Malik,Biz oilani " Baxt saroyi " deb sifatlashga o`rganib qolganmiz . Xo`sh , yoshlarga baxt saroyini kim qurib beradi? Xasham bilan qurilgan ayrim baxt saroylari zilzila u yoqda tursin arzimas shamolga dosh beraolmay qulayabti, vayron bo`lyabti.Kimdir baxt saroyini saodat cho`qqisiga , kimdir esa omonat jar yoqasiga quryabti. Adib shu mavzuda fikr yuritib ,siz, aziz kitobxon bilan birgalikda yechim izlashga harakat qiladi. Shu bilan birga , mavzuni yanada ochish maqsadida , oilada uchrab turuvchi voqealarning badiiy ifodasini ham beradi.
-
Murdalar gapirmaydilar
T.Malik,Sovetlar tuzumi davridagi qamoq xayoti , jinoyatchilarning ruhiy olami bayon etilgan "Murdalar gapirmaydilar" va " Ov" qissalari mazkur kitobning mundarijasini tashkil etadi.
-
-
Buyuk uyg'onish
Zulfiya Mo'minova,Zulfiya Mo`minovaning badiiy publisistikasi orqali zamondosh ayol ruhiyatida kechayotgan to`lqinlar shiddati , ona zamindagi evrilishlar samarasidan quvonch , bedor zamondoshlariga xayrixohlik , g`aflat kunjida qolganlar ahvolidan nadomat hislarini tuymoq mumkin. Zamon evrilishlari , zamondosh qalbidagi uyg`onishlar o`quvchida kelajakka bo`lgan umid va ishonchni yanada orttiradi.
-
Ko'ngil nimadan qorayadi
Toxir Malik,Мазкур китобда ёзувчи Тоҳир Малик одамийлик мулки ахлоқ-одобга доир суҳбатларини сиз азиз умидимиз юлдузлари билан давом эттиради. Адиб бу суҳбатга ота-оналар, мактаб, лицей, коллеж устозларини ҳам таклиф этади. Ардоқли ота ва оналар, қадрли устозлар бу китобни ҳам суюкли фарзандлари ва шогирдлари билан бирга мутолаа қилсалар, фикрлашсалар нур аланнурдир.
-
Xaqiqat Manzaralari
Mumtoz Faylasuf,Qo`lingizdagi kitobda jahon falsafasining XX asrgacha yashab ijod qilgan mumtoz vakillari hayoti va quyma fikrlari imkon darajasida jamlangan. Majmua nafaqat falsafa ixlosmandlari , balki o`quvchilarning keng ommasi uchun ham tushunarli , foydali va qiziqarli bo`ladi deb umid qilamiz.Chunki majmuadagi ibratli xayot yo`llari haqidagi ma`lumotlar nva purma`no fikrlar o`zini o`zi islox qilish istagida bo`lgan , xaqiqatning rang-barang manzaralaridan zavq olishga qodir hech bir kimsani befarq qoldirmaydi.Dunyo tafakkur xazinasidan bir zarrachasiga kitob javoningizdan va , albatta ,qalbingizdan joy ajratish qarorini qabul qilganingiz muborak bo`lsin.
-
Sherlok Xolms xaqida hikoyalar
A.K.Doyl,Artur Konan Doylning eng mashhur asari Sherlok Xolms haqida hikoyalar''dir.
-
-
Solih amallar
Imom al-Buhoriy,Ushbu risolada Imom al-Buxoriyning "Al-Jomb as-saxix" - "Ishonarli to'plam"laridan saralab olingan hadislar kiritildi.
-
Хакикат манзаралари
Мумтоз файласуф,Qo`lingizdagi kitobda jahon falsafasining XX asrgacha yashab ijod qilgan mumtoz vakillari hayoti va quyma fikrlari imkon darajasida jamlangan. Majmua nafaqat falsafa ixlosmandlari , balki o`quvchilarning keng ommasi uchun ham tushunarli , foydali va qiziqarli bo`ladi deb umid qilamiz.Chunki majmuadagi ibratli xayot yo`llari haqidagi ma`lumotlar nva purma`no fikrlar o`zini o`zi islox qilish istagida bo`lgan , xaqiqatning rang-barang manzaralaridan zavq olishga qodir hech bir kimsani befarq qoldirmaydi.Dunyo tafakkur xazinasidan bir zarrachasiga kitob javoningizdan va , albatta ,qalbingizdan joy ajratish qarorini qabul qilganingiz muborak bo`lsin.
-
Avliyoning yo'li
Sh.Bo'tayev,Mazkur to'plam adibning turli yillarda yaratilgan hikoyalaridan saralab tuziladi
-
Graf Monte-Kristo
A.Dyuma,Bu kitob – ko‘plar kutgan durdona. U jahon adabiyotidagi eng sara asarlar ro‘yxatiga kiradi. Garchand “Graf Monte Kristo” yaratilganiga bir necha asrlar o‘tgan bo‘lsa-da, undagi ulug‘vor g‘oyalar, o‘lmas tuyg‘ular, orzular va armonlar talqini sira-sira o‘z ahamiyatini yo‘qotmaydi. Asardagi qahramonlar, ularning hayoti, kechinma va kechmishlari, voqealar zanjiri o‘quvchini kitobga ipsiz bog‘lab qo‘yadi. Ayniqsa, bosh qahramon Edmon Dantesning uzoq yillik uqubatlari, ana shu yillar samarasi o‘laroq o‘zgacha inson bo‘lib etishishi, bir vaqtlardagi jabr-sitam uchun intiqom kurashiga kirishishi bugungi kun o‘quvchisi uchun ham birdek maroqli. “Graf Monte Kristo”ni ko‘plar intiq kutayotganining boisi shundaki, ushbu kitob o‘zbek tilida chiqarilganiga qirq yildan oshdi.
-
Sochining savdosi tushdi
Zahiriddin Muhammad Bobur,Заҳириддин Муҳаммад Бобур ўзбек адабиётининг Алишер Навоийдан кейинги забардаст намоёндаси ҳисобланади.У адабиётни ҳаётга, адабий тилни халқ тилига яқинлаштирди. Бобур асосан кўрган - билган, қалбидан ўтказган, ўзини тўлқинлантирувчи нарсалар, кечинмалар ҳақида ёзади. Замин ўз ўқи атрофида айлангани каби, Бобур шеърлари ҳам самимият атрофида айланади. Дилбар шоирнинг дилкаш шеърлари сизлар учун азиз шеърият муҳлислари.
-
-
Чудес не бывает
Ли Мён Бак,Книга «Чудес не бывает», в которой запечатлены моя жизнь, мои мысли и переживания впервые увидела свет в 1995 г. в Республике Корея. И вот теперь она издана на русском языке. Этот факт наводит меня на глубокие размышления и вызывает особые чувства. Ведь в этой книге подробно описан мой опыт работы в России и в странах Центральной Азии, которые я всегда считал и считаю дружественными странами.
-
Amerika fojiasi. 1 jild
T.Drayzer,Теодор Драйзернинг эътиборингизга ҳавола этилаётган икки қисмдан иборат йирик «Америка фожиаси» романи ҳамиша бутун дунёни ўз ғоялари атрофида бирлаштиришга уринган гигант давлат - Америкада ўша вақтларда юз берган воқеаликни кенг қамраб олганлиги, воқеаларнинг изчиллиги билан ҳамиша китобхонлар эътиборини ўзига жалб этиб келган.
-
So'z chamani
Maxtumquli,"So`z chamani" turkum kitoblarining navbatdagi risolasi turkman xalqining otashin shoiri , barcha turkiy xalqlar uchun ardoqli va sevimli bo`lgan hazrat Maxtumquli she`rlaridan tuzildi. Ushbu go`zal ma`rifiy guldasta muhtaram she`r muhiblariga manzur bo`lishi shubxasizdir.
-
-
Ок ромол
Матлуба Юсуф Охун,Мазкур тўпламда вақтли матбуотдаги чикишлари билан номи Сизга таниш бўлган Матлуба Юсуф Охуннинг қисса ва хикоялари жой олди. Бу асарларда ўзбек аёлининг ўзига хос такрорланмас қалби, бетимсол куч- қуввати, меҳр- муҳаббати акс этади. Ёзувчининг қаҳрамонлари сизу- биз билан ёнма-ён яшашади. Уларнинг ҳаётлари самимий тасвирларда ўз ифодасини топади. Китоб мутолааси жараёнида сиз бунга амин бўласиз.