-
-
Judolik diyori
M.Mansur,"Judolik diyori" asarida o`tgan asrning o`rtalarida xalqimiz boshiga tushgan og`ir judoliklar , sinovlar, o`zbek xalqining buyuk bardoshi , eng mashaqqatli damlarda ham o`zligini saqlab qola olgani samimiyat bilan tasvirlangan. Shu bois asar kitobxonlar tomonidan iliq kutib olindi. Yozuvchi taqdir taqozosi bilan sarhad ortida qolgan Sultonmurod, Bahriddin na Marg`ubabegim kabi qaxramonlarining vatan va diydor sog`inchlari bilan to`la keyingi xayotlarini asarning uchunchi kitobida o`sha samimiyat , o`sha tintiqlik ila tasvirlaydi. U aziz kitobxonlarimizga manzur bo`ladi , deb o`ylaymiz.
-
-
Judolik diyori
M.Mansur,"Judolik diyori" romanining mazkur ikkinchi kitobida siz , azizlar , birinchi kitobda o`qib , mexr qo`yganingiz qahramonlar - Sultonmurod, Marg`ubalarning taqdirlari , Maxfuza , Yodgormurod , Xoziq to`ra , Eshon pochcha va diyoridan adashgan turnalardek xalixanuz to`zib yurgan qavm xayoti - kechinmalari bilan tanishasiz. Adib bu asarda sarguzasht unsurlaridanmaxorat bilan foydalanganki, bu szni befarq qoldirmaydi.
-
-
-
Shaytanat 2
T.Malik,Yozuvchi Tohir Malik qalamiga mansub bo'lmish "Shaytanat"asarining birinchi kitobida siz jinoyatchilar guruhi boshlig'i Asadbek va uning qizi Zaynab, qo'shiqchi Elchin, uning do'sti Anvar, Asadbekning suyukli shogirdi Jamshidning hayoti bilan tanishgan edingiz. Asar Jamshidning o`limi , Zaynabning o`zini osishi bilan yakunlangan edi. "Shaytanat " qissasining ikkinchi kitobida bu qahramonlarning keyingi taqdiri qalamga olingan. Unda Jamshidning qanday qilib o`limdan qutulgani , Zaynabning qora kuchlar changaliga tushib qolgani kabi voqealar bayon qilingan.
-
Shaytanat
T.Malik,Yozuvchi Tohir Malik qalamiga mansub bo`lmish "Shaytanat "asarining mazkur uchinchi kitobida og`ir hastalikka uchragan Asadbekning ruhiy holati , Zaynabning taqdiri va jinoyatchilar olamidagi talvasalar hikoya qilinadi.
-
Shaytanat 4
T.Malik,Katta shaharga dong`i ketgan qo`shiqchi tunda uyiga qaytadi-yu , ko`ksiga pichoq qadalgan xotinini k`radi.Garchi qotillikka aloqasi bo`lmasa ham , aybini bo`yniga oladi. Otishga hukm etilib , o`lib ketishni istaydi. Ammo jinoyatchilar to`dasi boshlig`ining aralashuvi bilan u otuvga hukm etilmaydi. Qamoqdan yuragida qasos o`ti alanga olgan chiqadi va qasos ola boshlaydi.
-
Sirli zarvaraqlar
N.Muhammad,Mamlakatimizda taniqli shoir, jamoat arbobi , tarixsevar xamyurtimiz Nosir Muhammad ko`p yillardan buyon tarixning sirli zarvaraqlarini mutolaa qilish , tadqiq etish, bo`lib o`tgan voqealarga oydinlik kiritish borasida qizg`in faoliyat olib borayotgan adiblardan sanaladi . Uning yangi tadqiqotlari jamlangan ushbu to`plami sizni ham aziz kitobxon , befarq qoldirmaydi, deb o`ylaymiz. Tarix zarvaraqlari bo`ylab , voqealarning sirli tafsilotlari tomon sayohatga marhamat ...
-
-
-
Navoiy va rassom Abulxayr
O.Muxtor,Taniqli yozuvchi, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan san`at arbobi Omon Muxtorning ushbu kitobiga uning ulug` bobokalonimiz Alisher Navoiy xayoti va ijodiga bag`ishlangan ikki yangi romani kiritildi.Kitob qiziqarli uslubda yozilgani, oxanglarga boyligi bilan o`quvchiga manzur bo`ladi deb o`ylaymiz.
-
Мехрибоним қайдасан
Б.Машрап,"O`zbek addabiyoti bo`stoni" seriyasining ushbu jildiga o`zbek klasssik adabiyotining mashhur fidokorlaridan biri - Boboraxim Mashrabning eng sara asarlari kiritldi. Bu , ijodiy yo`li murakkab shoirning g`azal, mustazod , murabba`, muhammas va musaddaslarinig mushtarak jihati shundaki , ularda , avvalo , inson ulug`lanadi, uning insoniy mehri , muhabbati , e`tiqod , imoni , ezgu ishlari kuylanadi.
-
Iblis devori
T.Malik,"Bir qoringa siqqan bolalar bir xovliga sig`ishmaydi..." Bu maqolda qanchalar haqiqat bor? Ota-ona vafotidan keyin nima uchun farzandlar yuz ko`rmas bo`lib ketishadi?Shaytanat olamiga kirib qolgnalari uchun emasmi?Ota-onalari ruhi azob chekishini nechun o`ylamaydilar ? Yozuvchi Toxir Malik mazkur yangi asarida siz, aziz kitob muhlislarini shu mavzuda baxs yuritishga da`vat etadi.
-
Urush noming o'chsin jahonda
R.Musurmon,Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Олий Мажлисга Мурожаатномаси, том маънода мамлакатимиз ижтимоий-сиёсий, маънавий-маърифий ҳаётида кенг қамрови, кўлами ва залвори жиҳатидан таъбир жоиз бўлса, халқни илм-маърифатли миллатга, манзилу маконни юксак даражада ривожланган Ватанга айлантириш қудратига эга оламшумул тарихий воқеа бўлди. Дунёнинг турфа мамлакатлари, турли касб-кор, мақом ва лавозимдаги олам аҳли қалбида кенг акс-садо берди, Ушбу Мурожаатнома янги Ўзбекистонимизнинг шарафли солномаси эпопеясига зарҳал ҳарфлар билан битилажак.
-
-
Халқ оғзаки поэтик ижоди
О.Мадаев,Mazkur darslikda o`zbek xalq og`zaki poetik ijodining o`ziga xos xususiyatlari, tarixi, janrlari, ayrim asarlari, marosimlari, xalq baxshilarining xayoti va ijodi haqida malumo beriladi.Shuningdek, kitobda xalq og`zaki poetik ijodida namunalar kiritilgan.
-
She'riy lahzalar
Muhammad bin Roshid Ol Maktum,Jahon afkor ommasi mashhur siyosat va davlat arbobi shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum nomini yaxshi biladi.
-
Silsila
M.Yo'ldoshev,Ushbu kitob orqali taniqli suxandon, badiiy so'z ustasi Muslimbek Yo'ldoshevni mohir badianavis, shoir sifatida yana bir bor kashf etasiz.