Darslikda biosferaning ekologik omillari, biotsenoz ekosistemalarning holati, biosferaning tabiiy boyliklari, qishloq xo'jalik ekosistemalarining biologik mahsuldorligi, texnogen omillarning ta'siri, tuproq ifloslanishida kimyolashtirish jarayonlari, O'zbekistonning yer fondi, qishloq xo'jalik yerlari, tuproqning sho'rlanishi, eroziyaga uchrash darajasi, sabablari, tuproqlarning edafik omillari, ular uchraydigan organizmlar, ularning ekologik guruhlari va ahamiyati, qishloq xo'jaligida mineral va organik o'g'itlarni qo'llash me'yorlari, hosildorlikni oshirish, ekologik toza mahsulot olishda, turli zaharli kimyoviy moddalardan foydalanishda inson salomatligini saqlash borasida ehtiyotkorlik chora-tadbirlarini ko'rish, qishloq xo'jaligi ekologiyasining asosiy yo'nalishlari bayon etilgan. Darslik qishloq xo'jalik yo'nalishlariga xos oliy o'quv yurtlari talabalari, o'qituvchilar, magistrlar, aspirantlar, bobodehqonlar, qishloq xo'jalik xodimlari hamda keng ommaga mo'ljallangan.